foyda
bilan ulashing
1. Biror kimsa yoki narsa uchun boʻladigan naf, manfaat; ijobiy natija.
-
Yolgʻon aytib, foyda koʻrsang, oxiri zarar toparsan. Maqol
-
Siringizni mendan yashirmang, balkim foydam tegib qolar. K. Yashin, Hamza
-
Navoiy el foydasi va davlat manfaati uchun boʻlgan bu vazifaga, oʻz odati boʻyicha eʼtiroz qiladi. Oybek, Navoiy
2. Qilingan xarj bilan olingan daromad oʻrtasidagi farqsan tashkil topgan summa, mablagʻ; daromad.
-
Qamishkapaliklar Zokirxoʻja qassob toʻgʻrisida gap borsa, har bir soʻyilgan qoʻydan ikki hissa foyda koʻrmasa, oʻzini changakka osadi, deb taʼriflar edilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Menimcha, tijorat paydo boʻlgan zamondan boshlab bunday moʻl foydani hech kim koʻrgan emas. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Qarzga berilgan puldan foydalanganligi uchun qarzdordan kreditor oladigan qoʻshimcha pul, haq; foiz.
-
Qarzimni uzganman, faqat foydasi qolgan. S. Abdulla, Tanlangan asarlar
foyda soʻzi qatnashgan jumlalar:
Foyda qilmoq
-
Dori foyda qildi.
-
Xalq juda koʻp shishlarni paxtadogʻ bilan davolaydi. Agar bu shish gazak shishi boʻlsa, paxtadogʻ foyda qiladi, lekin rak shishi boʻlsa, avj oldiradi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
FOYDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФОЙДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
FOYDA so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFOYDA so‘zining antonimlari
Antonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan FOYDA so‘ziga berilgan ma’nolar
foyda so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
foyda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar