g‘ijilla
bilan ulashing
1. so‘zlashuv tili Gʻijirlamoq.
-
Gʻijillaydigan karavot.
-
[Davlatyor] Bilinar-bilinmas hushtak chaldi. Goʻyo uning hushtagiga darvozaning bir qanoti sezilar-sezilmas gʻijillabgina bir odam sigʻarlik ochildi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Namiqqan eshik gʻijillab ochildi. Sh. Xolmirzayev, Toʻlqinlar
-
Tancha yonida choʻmiltirilgan bola ertasiga oʻpkasi gʻijillab, gʻingshib chiqdi. Mirmuhsin, Jaholat panjasi
2. so‘zlashuv tili Koʻpayib, gʻij-gʻij boʻlib ketmoq, toʻlib-toshmoq.
-
Qarasa, bir kichkina bozor ekan, odam gʻijillab yotibdi. Ravshan
G‘IJILLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒИЖИЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘ijilla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar