g‘ijim
bilan ulashing
Buklanib, ezilib, taxi, tekisligi buzilgan.
-
[Akbarali] Gʻijim qogʻozni kafti bilan yana tekislab, yana oʻqidi, ikkinchi anketani ham olib, solishtirib oʻqidi. A. Muxtor, Chinor
-
Togʻoraga solib yuvsangiz ham, gʻijim boʻlmaydi, materiali juda pishiq. N. Aminov, Qahqaha
-
Gʻijim koʻylakni kiymaydi, botinkasini uzoq ishqalab tozalaydi. A. Muxtor, Kumush tola
g‘ijim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gʻijim baxmal (yoki duxoba)
-
Magazindan oʻn metr gʻijim duxoba oldim.
-
Muhabbat bir kiyim gʻijim baxmal olib chiqadi, Turgʻun choʻt urish bilan ovora. N. Safarov, Hayot maktabi
Gʻijim roʻmol
-
Gajak qoʻygan kelinchaklar, gʻijim roʻmol oʻragan qizlar fotografiya oldida oʻralashib qolishadi. S. Ahmad, Ufq
so‘zlashuv tili Siqim, changal.
-
[Nusratilla] Belidagi bir qiyigʻini jahl bilan shartta yechib, bir gʻijim pulni yaltiroq gʻisht ustiga sochdi. A. Muxtor, Opa-singillar
G‘IJIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒИЖИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘ijim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar