g‘ijimla
bilan ulashing
1. Tekisligi, taxi buzilgan, ezilgan holatga olmoq; gʻijim qilmoq.
-
Zargarovning hovlisida yerda yotgan bir poy eski kalish, gʻijimlab tashlangan bir-ikkita gazetadan boshqa hech narsa yoʻq. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Stoldagi oppoq sochiqni olib, boʻyni, yuzini artdi-da, gʻijimlab, yoniga qoʻydi. S. Nurov, Narvon
-
bir nuqtaga tikilgancha, xat yozilgan qogʻozni beixtiyor gʻijimlay boshlaydi. R. Fayziy, Sen yetim emassan
2. Kaftlari orasida mahkam, ezgan holda tutmoq, siqib ushlamoq.
-
— Men ham sogʻindim, Oyqiz, — dedi Olimjon Oyqizning sochlarini gʻijimlab Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
— Endi bu yogʻi bizga bogʻliq, — dedi u kaftidagi bir siqim tuproqni gʻijimlab. Y. Shamsharov, Paxtaqaynar
3. koʻchma Azoblamoq, ezmoq, qiynamoq.
-
Vujudini dard gʻijimlab tashlagandek bukchayib, oʻz koʻchasiga burildi Ikromjon. S. Ahmad, Ufq
-
Bu xayol uning qalbini gʻijimladi Mirmuhsin, Umid
G‘IJIMLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒИЖИМЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘ijimla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar