g‘ijirla
bilan ulashing
1. Gʻijir-gʻijir tovush chiqarmoq, gʻijir-gʻijir qilmoq.
-
Aravaga goʻng rosa tepkilab bosilgan, gʻildiraklar yuk zoʻrligidan gʻijirlar, qoʻsh ot uni zoʻrgʻa tortardi. Gʻulom, Feruza
-
Bashirjonning tishlari gʻijirlab, oʻrnidan turib ketdi. N. Aminov, Suvarak
2. so‘zlashuv tili Shamollash yoki biror kasallik tufayli xirillashga yaqin ovoz chiqarmoq.
-
Tuzuklikka tuzuk. Lekin hali ham oʻpkalari gʻijirlaydi, yoʻtaladilar. S. Anorboyev, Oqsoy
G‘IJIRLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒИЖИРЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘ijirla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar