g‘ingshi
bilan ulashing
1. Uvlash, vovullashdan koʻra ingrashga yaqinroq tovush chiqarmoq.
-
Olapar Boltaboyga chinoq quloqlarini qisib suykandi-da, gʻingshib qoʻydi. S. Anorboyev, Hamsuhbatlar
-
Tumshugʻini oldingi oyoqlariga qoʻyib yotgan it erinibgina gʻingshidi, soʻng birdan xuruj bilan vovullashga tushdi. N. Aminov, Qahqaha
2. Maʼnosiz yoki maʼnosini ilgʻab boʻlmaydigan tovushlar chiqarmoq.
-
Uyquga qonmagan qizcha esa injiqlanib, buvisining oyogʻiga suykalgan koʻyi gʻingshimoqda edi. N. Qilichev, Chigʻiriq
-
Choygum taraq-turuq qilib, tun sukunatini buzib yubordi. Oʻz karavotida yotgan Zoirjon gʻingshib qoʻydi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. koʻchma salb. Zorlanuvchi, nolish bildiruvchi yoqimsiz, boʻlmagʻur gaplar qilmoq.
-
Mashaqqatli yurishlardan zerikkan xotini gʻingshiyverib, doim uning joniga tegar, koʻziga dunyoni qorongʻi qilardi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi
-
Ali mahram bilan anavi valiahd oʻgʻli to hanuz, Avazga bekor rahm qildingiz, endi bizni badtar mazaxlaydi, deb yuribdi ekan. S. Siyoyev, Yorugʻlik
G‘INGSHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒИНГШИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘ingshi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar