g‘o‘la
bilan ulashing
1. Daraxt tanasi yoki xodadan kesib olingan boʻlak.
-
— Ikkita sada ham sotib olib, charx boʻladigan gʻoʻla kesib tayyorlab qoʻydim — dedi [otam]. S. Ayniy, Esdaliklar
-
Abduvahob gulzor orqasidagi xonadan bir necha arralangan gʻoʻlalarni koʻtarib chiqdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Hovlida katta yongʻoq gʻoʻlasi ustida miltigʻini tozalab oʻtirgan Toʻrabek chorboqqa qarab qoʻydi. M. Mansurov, Yombi
2. Gʻoʻlaga oʻxshash, yoʻgʻon.
-
Uning dallol qarindoshi savatday sallasini olib qoʻyib qoʻnji bir qarich, qurushqoq mahsili, qoʻpol gʻoʻla oyoqlarini uzatdi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Yuqoridan magnit podyomniklari choʻyan gʻoʻlalarini olib kelib, pechga tashladi. Mirmuhsin, Chiniqish
3. koʻchma Kuchli, asosli.
-
Biroq, koʻchaga chiqish uchun gʻoʻlaroq vaj kerak edi. Vajni darrov topdim A. Muqimov, Aqlim kiryapti
-
Gapning gʻoʻlasi buyoqda Mushtum
4. Kichik yumaloq shaklli, gʻoʻlak.
-
Oʻq oʻrnida sogʻ loyni noʻxatdek-noʻxatdek gʻoʻla qilib, ogʻziga solardi-da, tuppakni nishonga toʻgʻrilab, tuf desa, moʻljalga olingan parranda toʻp-toʻp yerga tushaverardi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
-
Keyin [tutni] quritib, gʻoʻla qilib olishdi. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
g‘o‘la soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gʻoʻladan kelgan
-
Bir nafas oʻtmay, kabinetga gʻoʻladan kelgan, moʻylovdor, quvnoq bir odam kirib keldi. Mirmuhsin, Zanglagan qilich
Koʻz gʻoʻlasi
-
Gʻoʻlasi chiqay-chiqay deb turgan katta koʻzlari kimga, nimaga tikilayotganining tayini yoʻq. A. Muhiddin, Qadah
G‘O‘LA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒЎЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘o‘la so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar