g‘o‘day
bilan ulashing
1. so‘zlashuv tili Egilmay, tik boʻlib turmoq, qaqqaymoq.
-
Shudgor oʻrtasida bitta simyogʻoch gʻoʻdayib turibdi.
-
Buncha gʻoʻdayasiz, sal egiling, qulogʻingizga aytaman Guldasta
-
Qamchinbek ham koʻcha oʻrtasida gʻoʻdayib turaverib charchadi. Mirmuhsin, Supurgiga sajda
2. koʻchma Gaplashmay, ish yoki suhbatga aralashmay turmoq; serraymoq.
-
Aʼzam [Nafisaning] salomiga ham alik olmasdan, gaping boʻlsa gapiraver, ikkala qulogʻim senda, degandek gʻoʻdayib turdi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
-
— Biror narsani ushlab tursangiz boʻlmaydimi, gʻoʻdayib turmay, — dedi zarda bilan. T. Ashurov, Oq ot
3. koʻchma Oʻzini kibr-havoli tutmoq; kekkaymoq.
-
Dimogʻdorlik, gʻoʻdayish kabi illatlar ularning kasbi. Podshoh saroyi bunday odamlarga toʻlib yotibdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Hafiza erkak kishining avval qoʻl uzatishi nojoʻya ekanini bilsa ham va kelib-kelib shu odamdan madaniyat talab etamanmi, axir u xodadek gʻoʻdayib oʻsgan-ku, dedi-da qoʻl uzatdi. Mirmuhsin, Umid
G‘O‘DAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒЎДАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘o‘day so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan G‘O‘DAY so‘ziga berilgan ma’nolar
g‘o‘day so‘ziga yangi izoh qo‘shing