g‘o‘ng‘illa
bilan ulashing
1. Gʻoʻng-gʻoʻng degan tovush chiqarmoq.
-
Qovogʻari sekin gʻoʻngʻillab uchib oʻtdi. P. Qodirov, Erk
-
Qorongʻilik ichidan kecha qoʻngʻizi gʻoʻngʻillab uchib, oʻzini chiroqqa urdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Tushunib boʻlmaydigan tarzda soʻzlamoq, poʻngʻillamoq, doʻngʻillamoq.
-
Palmon, xuddi oʻlayotgan kuchukka achinib gapirganday, oʻzicha gʻoʻngʻillar edi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Ahmad Husaynni mudroq bosganda, taqvodor ota gʻoʻngʻillab, qurʼon oʻqishga kirishdi. Oybek, Nur qidirib
G‘O‘NG‘ILLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒЎНҒИЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘o‘ng‘illa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan G‘O‘NG‘ILLA so‘ziga berilgan ma’nolar
g‘o‘ng‘illa so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar