g‘ujum
bilan ulashing
1. Uzum donasi yoki shingili.
-
Uning soʻziga qaraganda, uzumning har boshi toʻrvadek va gʻujumlari tutning donasidek zich boʻlishi kerak. A. Qahhor, Ikki yorti — bir butun
-
Yoshligimizda onalarimiz belanchagimiz argʻamchilarini toklarning zangiga bogʻlagan, yigʻlaganimizda, ogʻzimizga emizgi oʻrniga uzumning bir gʻujumini soʻrdirgan. Guliston
2. sheva Gʻuj, toʻp.
-
Shamol tabiatning osoyishtaligini buzib, oʻrik shoxlarini bir-biriga urib, gʻujum gulni yula, osmonga koʻtardi. S. Azimov, Oppoq tong qoʻshigʻi
-
Yigitlar bir yerga gʻujum boʻlib, ashulani bir yoʻsinda choʻzib yubordilar. Choʻlpon, Kecha va kunduz
G‘UJUM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒУЖУМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘ujum so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar