g‘ujg‘on
bilan ulashing
1. Shaxs yoki narsaning maʼlum darajadagi harakatli toʻp holati; tupi, toʻdasi.
-
Barchin momo tegrasida bolalar gʻujgʻon X. Davron, Bolalikning ovozi
-
Arilar gʻujgʻoni esa yogʻingarchilikdan darak beradi. Gazetadan
-
Serqatnov mashinalarning shovqin-suroni avjida, bekatlarda odamlar gʻujgʻon. Yoshlik
2. koʻchma Ruhiyatdagi shunday holat, joʻsh urgan holat.
-
Bu xabar mayorning gʻujgʻon xayollarini bir zumda tarqatib, sergak torttirdi. Yoshlik
-
Xotinining haligi taʼnasini esladi. Miyasida gʻujgʻon boshlandi. J. Abdullaxonov, Xonadon
3. sheva Gʻuj.
-
Gʻujgʻon gullagan daraxtlardan atrofga kumush yogʻdu yogʻilib turadi. S. Nurov, Narvon
-
Gʻujgʻon yaproqlar ona koʻksiga yopishgan goʻdakdek mehribon novdalarga chirmashadi. F. Musajonov, Himmat
g‘ujg‘on soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gʻujgʻon oʻynamoq
-
Molbozorga tutash yalang sahnda chumolidek gʻujgʻon oʻynagan olomon tinimsiz qaynab-toshadi. X. Sultonov, Bir oqshom ertagi
-
Kechki oftob selida ming-million zarra boʻlib gʻujgʻon oʻynayotgan toʻzon juda sekinlik bilan tarqalardi. M. Mansurov, Yombi
-
Potma xayolida gʻujgʻon oʻynayotgan turli gumon va shubhalardan yuragi gʻash. T. Ashurov, Marvarid tut
G‘UJG‘ON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒУЖҒОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘ujg‘on so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar