g‘uluv
bilan ulashing
1. Kelishmovchilik, norozilik va shu kabilarni ifodalovchi ovoz, xatti-harakat; gʻavgʻo, toʻpolon, janjal.
-
Podshoning urushi uchun tutun puli ham, don ham, moy ham kor qilmay qoldi. Endi podsho mardikor soʻradi. Shunda hamma yerda gʻulu chiqdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Kapsanchilar gʻulu koʻtarishgan ekan, knyaz shahardan sallot chaqiraman, deb bosibdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Ariqustiliklar bek tarafidan solingan soliqni vaqtida toʻlolmay, gʻuluv koʻtarishdi. Sh. Xolmirzayev, Qil koʻprik
2. Kishi ruhi, dilidagi notinch, bezovta holat; notinchlik, bezovtalik.
-
Kechalari mizgʻimas meʼmor, Muhandisda oʻzgacha gʻulu. M. Ali
3. ad. Mubolagʻaning uchinchi darajasi: maʼlum narsa, belgi, holat yoki harakatni aql bovar qilmaydigan, hayotda ham roʻy bermaydigan tarzda tasvirlashdan iborat sheʼriy sanʼat.
g‘uluv soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gʻulu solmoq
-
Afsuski, dinsizni shu yerda yoʻq qila olmadik, endi borib, qoʻyimizni boqayotgan muridlarimiz orasiga gʻulu soladi, oxirgi nasibamizni ham qoqib oladi. Sh. Gʻulomov, Yorqin ufqlar
-
U ne oʻktam, botir yigitlar Yuragiga solmagan gʻuluv. E. Vohidov, Nido
-
Yigitlikda gʻuncha kabi lab Tinchlik bermay solardi gʻulu. Shukrullo
G‘ULUV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒУЛУВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘uluv so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar