g‘uncha
bilan ulashing
1. Hali ochilmagan, gulbarglari hali yozilmagan gul; oʻsimlikning gul kurtagi.
-
Kechqurun [bulbul] gul gʻunchasini koʻradi-yu, ishqida oshigʻ-u shaydo boʻlib sayray beradi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Qirlardan esayotgan mayin shabada ana shu gullarning gʻunchalarini yozmoqda. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Gʻuncha ochilguncha oʻtgan fursatni Kapalak umriga qiyos etgulik. Gʻ. Gʻulom
2. koʻchma Biror hodisaning endigina boshlanayotgan payti, boshlanishi.
-
Shubha ichida qizargan muhabbat gʻunchasi visol xabari bilan ochilayozgandek edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Murabbiy bola qalbida nish ura boshlagan umid gʻunchalarining mehribon sohibidir. R. Usmonov, Odobnoma
G‘UNCHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒУНЧА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan G‘UNCHA so‘ziga berilgan ma’nolar
g‘uncha so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
g‘uncha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar