g‘urbat
bilan ulashing
1. Vatandan uzoqda yashash; musofirlik, gʻariblik.
-
Gʻurbatda gʻarib shodmon boʻlmas emish. El anga shafiq-u mehribon boʻlmas emish. Alisher Navoiy
-
Yigʻlarsan qayerda deb, Mening Toʻxtashim. Gʻurbatda ovunchogʻim, Munis yoʻldoshim. Gʻayratiy
2. Gʻam-tashvish, kulfat.
-
Oʻgʻlim, bunaqa behayo qiz ekan, vaqtida bilib, oʻzingizni chetga olganingiz yaxshi boʻlibdi. Shukur qiling! Bitta tugʻib olgandan keyin, umringiz gʻurbatda oʻtib ketardi. Mirmuhsin, Umid
-
Kun sari gʻurbatimiz ortmoqda, nahotki yovuzlar daf boʻlmasa, najot yoʻqmi sira?! Oybek, Nur qidirib
3. so‘zlashuv tili Ortiqcha tashvish keltiruvchi narsa, ish.
-
Uxlashga hushtak chalinishi bilan, uyqusizlik va tergov gʻurbatlari charchatgan kishilar darrov oʻrinlariga kirdilar. Shuhrat, Jannat qidirganlar
-
— E, omon boʻl! —
-
dedi Qarshiboy ota, oshnasining goʻlligi nasha qilib, — oʻzing eski gʻurbatsan-da. H. Nazir, Suv gadosi — oqpadar
-
Bir kelib ketmasangiz boʻlmaydi shekilli, joʻrangiz prokuraturani aralashtirib, toza gʻurbat qilyapti. Yoshlik
G‘URBAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒУРБАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan G‘URBAT so‘ziga berilgan ma’nolar
g‘urbat so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
g‘urbat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing