g‘urur
bilan ulashing
1. Insonning oʻz qadr-qimmatini bilish, uni hurmat qilish hissi; izzat-nafs.
-
Yigitlik gʻururi. Qizlik gʻururi.
-
Uning insoniy gʻururi, tabiatining nozikligi yordam soʻramoqqa yoʻl qoʻymagan. Oybek, Navoiy
-
Ahmad oʻrtogʻiga qoyil qolmadi. Erkak kishida gʻurur degan narsa boʻlishi kerak F. Musajonov, Himmat
-
Ziyolilar orasidan bir mard chiqib, oʻz milliy gʻururini himoya etishga harakat qildi. Bu kishi Sebzor dahasining qozisi Muhiddinxoʻja Hakimxoʻja oʻgʻli edi. Fan va turmush
2. Faxrlanish, mamnunlik tuygʻusi; faxr, iftixor.
-
Shodligidan terisiga sigʻmaydi, koʻngli gʻurur ila mastona chayqaladi. S. Siyoyev, Avaz
-
Sanobar oʻgʻliga gʻurur va mehr bilan jilmayib qarab turar edi. M. Xayrullayev, Koʻngil
-
— Qishlogʻimiz tuprogʻining sehri bor, — deydi qariyalar gʻurur bilan. Yoshlik
3. Faxrlanishga asos boʻladigan narsa, kimsa va shu kabilar.
-
Paxta — oʻzbek xalqining milliy iftixori va gʻururi.
-
Murotali sevinch va gʻururi boʻlgan oʻrikning tanish va qadrli novdalariga shodiyona boqib, oʻrnidan turdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Xalqimning qahramoni, gʻururi boʻlding. U. Ismoilov, Saylanma
4. Kibrlanish tuygʻusi, magʻrurlik, kibr-havo.
-
Olifta boyvachcha kibr va ahmoqona gʻururi ila kresloda taltayganicha qoldi. Oybek, Nur qidirib
-
Gapingning tuzi qursin, qizim! Gʻurur gʻurbatga solar, degan naqlning magʻzini chaqsang-chi. J. Abdullaxonov, Tong yorishgan sohilda
-
Kamtarin boʻl, hatto bir qadam Oʻtma gʻurur ostonasidan. E. Vohidov, Muhabbatnoma
G‘URUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒУРУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘urur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar