g‘ururlan
bilan ulashing
1. Mamnunlik, faxr hissini tuymoq; faxrlanmoq.
-
Bemorlar erining qoʻlidan shifo topganidan benihoya gʻururlanardi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
-
Vatandoshlarimiz bilan suhbatlashar ekanman, ularning tantiligi, zukkoligidan gʻururlandim. Yoshlik
-
Elmurod bu ishga ozmi-koʻpmi oʻz mehnati singganini oʻylab, oʻzidan oʻzi gʻururlandi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Magʻrurlik, kibr hissini tuymoq, shunday holatda boʻlmoq; kibrlanmoq.
-
Ergash dunyoda shunday ajoyib narsaning borligini Xolmuroddan koʻra yaxshiroq bilganidan gʻururlanayotgan koʻrinar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Parpixoʻja yogʻchi poyloqchilik, chaqimchilik ishining muvaffaqiyatlaridan gʻururlanib toʻplagan maʼlumotini soʻzlab berarkan, ellikboshi uni toʻxtatdi. Oybek, Tanlangan asarlar
G‘URURLAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒУРУРЛАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan G‘URURLAN so‘ziga berilgan ma’nolar
g‘ururlan so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
g‘ururlan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar