gavda
bilan ulashing
1. Inson yoki hayvon tanasining umumiy koʻrinishi; jussa, qad.
-
Joʻraboy otaning uzun qotma gavdasi qorongʻida koʻzdan gʻoyib boʻldi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Qiz semiz gavdasiga yarashmagan epchillik bilan lip etib oldinga oʻtdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Tan, tana (vujud bilan jon qarama-qarshi quyilganda).
-
Yoʻq, yurdi emas, oyoqlarini ixtiyoriga qarshi sudradi. Lekin joni qolib, quruq gavdasi ketar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
3. Jonsiz tana, murda, jasad.
-
Darvozadan oʻn odim narida boshi tanidan uzilgan uch kishining gavdasiga yoʻliqdilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. Biror narsaning borligʻi, tanasi, koʻrinishi.
-
Hovli oʻrtasida chirik gavdasi oʻraday oʻpirilgan qari bahaybat tol. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mudhish boʻlib koʻrinar Tunda togʻlar gavdasi. Gʻayratiy
GAVDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГАВДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gavda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar