gavdalan
bilan ulashing
1. Koʻrinmoq, koʻrinib turmoq, koʻzga tashlanmoq.
-
Yarim yoʻlga yetganda, uzoqda qop-qorayib gavdalanib turgan adir tomondan quuq degan choʻziq tovush eshitildi. A. Qahhor, Maston
-
Shoxdor ola sigir gʻira-shira gavdalanib turardi. Guldasta
2. Xayolan koʻz oldiga kelmoq, nazarida paydo boʻlmoq.
-
Oʻsha jang tafsilotini eslaganimda, barcha quroldosh doʻstlarim koʻz oldimda birma-bir gavdalanadi. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Yana onasining oʻlim oldidagi qiyofasi koʻz oʻngida gavdalandi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
3. aynan Aks etmoq, mujassamlashmoq, koʻrinmoq.
-
Bu tomonda nihoyatda ziynatlanib bino qilingan oliy imoratlar boʻlib, shahar ustalarining hamma sanʼat va mahoratlari shu binolarda gavdalanar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
GAVDALAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГАВДАЛАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gavdalan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar