g‘uvulla
bilan ulashing
1. Toʻxtovsiz, davomli tarzda gʻuv-gʻuv ovoz chiqarmoq.
-
Tashqarida quturgan shamol gʻuvullab, darchani itarar, uning tirkishlaridan kor uchqunlarini irgʻitardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Koʻchadan mashina eshigining taraqlab ochilib-yopilgani, motorning gʻuvullagani eshitildi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
Arining uyasiga choʻp suqib, bir qoʻzgʻab qoʻysa, kechgacha tinmay gʻuvullab yotadi. M. Hazratqulov, Jurʼat
-
Ular chillak oʻynayotgan boʻlsa kerak, har dam-har damda qaysisidir gʻuvullab yuguradi. Yoshlik
2. Turli xil tovushli va harakatli holatga kelmoq; shov-shuv yoki gʻovur koʻtarmoq.
-
Tanaffus eʼlon qilindi. Tomoshabinlar ini buzilgan aridek gʻuvullab qolishdi. S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema
-
Hokim gʻuvullayotgan xalqqa qarab gapirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Klub bozorga oʻxshab gʻuvullab qoldi. Yoshlik
g‘uvulla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boshi (yoki kallasi, miyasi)
-
Kun boʻyi suv ichaman, tomogʻim qaqrab, boshim gʻuvullaydi. R. Azizxoʻjayev, Yashil chayla
-
Nizomjonning kallasi gʻuvullab, qoʻllari mushtga aylandi. S. Ahmad, Ufq
-
Alimardon uning har bir harakatini diqqat bilan kuzatar, miyasi gʻuvullab ketgan, chalkash tuygʻular ichida toʻlqinlanar edi. Oʻ.Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Qulogʻi gʻuvullamoq
G‘UVULLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒУВУЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘uvulla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar