gasht
bilan ulashing
Biror narsadan olinadigan zavq; nashʼu namo.
-
Baʼzida esa dala shiyponida yotib qolardim. Bunday uxlashning oʻziga yarasha gashti boʻladi. O. Yoqubov, Tilla uzuk.
-
Farzandga ish buyurishning otalik gashti boʻladi. T. Murod, Qoʻshiq.
gasht soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gasht qilmoq
-
Alimardon ikki oygacha ana shu bayram rohati bilan gasht qilib yashadi. Oʻ. Hoshimov, Bahor qaytmaydi.
-
Haligi mardikor soʻzini davom ettirdi: — Mana men toshkentlikman. Bundan nima foyda? Pulim boʻlsa, har qayerda gashtimni qilaman. Oybek,Tanlangan asarlar.
GASHT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГАШТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gasht so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar