gilam
bilan ulashing
1. Odatda jun, ipakdan toʻqilib, yerga, polga toʻshaladigan yoki bezak uchun xona devorlariga osib qoʻyiladigan uy jihozi; badiiy toʻqimachilik buyumi.
-
Ipak gilam. Turkman gilami.
-
Osti taxta pol boʻlgani holda, polning ustiga qizil gilam tashlangan, ikki yon devorga ham qizil gilamchalar qoqilgan edi. S. Ayniy. Qullar.
-
Asl gilamlar toʻshalgan bu xonaning toʻrida hozir Ahmad Tanbal oʻtiribdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. koʻchma poet. Yer betini qoplab olgan maysa yoki gul.
-
Choʻpon qoʻbuz chalib, mollarin yoydi Barqit gilam yozgan tepa, qirlarga. Uygʻun
-
Shamol maysalar orasida lola gilamlarini siljiydi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
3. sprt. Kurash tushiladigan sport anjomi; tatami.
-
Gilamda yengil vaznli polvonlar kurashmoqdalar.
GILAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГИЛАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gilam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar