girdob
bilan ulashing
1. Ariq va daryo suvlarining aylanib-buralib, uyurma hosil qilib oqayotgan yeri.
-
Shoshqin daryo toʻlqini oʻz girdobiga tortib ketmoqchi boʻlsa ham, daryo tilini yaxshi bilgan tajribali sapyor eshkakni ikki qoʻlida mahkam ushlagan holda suzib borardi. A. Rahmat, Ellik bir bahodir
-
Dnepr girdobi paromni har qancha komiga tortsa ham, gʻarq qila olmadi. N. Safarov, Olovli izlar
2. koʻchma Kishini oʻz domiga tortuvchi shiddatli hodisa, harakat, jarayon.
-
Matpano xayol girdobida ukasini payqamadi. S. Siyoyev, Avaz
-
Abror kun boʻyi oʻz tashvishlari girdobida oʻralashib, ertalab koʻrgan tushini unutib yuborgandi. Sharq yulduzi
3. so‘zlashuv tili Girdibod.
-
Baʼzi yerlarda girdob gʻoʻzalarning boshini chirt-chirt uzib ketar, soʻppayib ularning jonsiz tanasigina qolardi. S. Abduqahhor, Insonning qoʻli gul
-
Qum tepalari ustida girdob oʻynab qoldi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Bir vaqtlar qor zarralaridan girdob yasab, koʻcha boʻylab yugurgan izgʻirinlar ham tindi. Sh. Xolmirzayev, Toʻlqinlar
4. Aylana, atrof-tevarak, gird.
-
Bodom qovogʻi girdobida, yonogʻi atrofida va iyagida paydo boʻlgan ter xuddi ipga tizilgan marvarid donalari singari goʻzal edi. N. Safarov, Saodatning qissasi
GIRDOB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГИРДОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
girdob so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar