gulla
bilan ulashing
1. Gul ochmoq, gulga kirmoq.
-
Gʻoʻza gulladi. Bodom gulladi.
-
Derazamning oldida bir tup Oʻrik oppoq boʻlib gulladi. H. Olimjon
-
Gʻoʻzalar gullayotgan payt. I. Raxim, Chin muhabbat
2. koʻchma . Ravnaq topmoq, rivojlanmoq; obod boʻlmoq.
-
Toshtemir Surxon vodiysining gullagan vohalarini koʻrib, aylanib chiqdi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
-
[Yangiyer] Boshida qanday edi-yu, hozir qanday? Odamning qadami tegdi-yu, gullab ketdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
3. Gul-gul ochilmoq, goʻzallashmoq, yashnamoq; kamolga yetmoq.
-
Umrining gullagan davri qamoqxonalarda oʻtgan Shohnazar ozodlikning birinchi kunidanoq nima qilishini bilmay, bosh qashlab qoldi. Mushtum
-
Yosh avlod — kelgusimiz, faxrimiz ham koʻrkimiz. Yoshlik — bu umrimizning gullagan bahoridir. E. Raxim, Yangi qadam
gulla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ogʻzidan gullamoq
-
— Eshiting, — dedi Ergash. — Birlamchi shartim: bu ishingizni oʻla-oʻlguncha sir tutasiz, ogʻzingizdan gullamaysiz. K. Yashin, Hamza
-
Faqat borib tanishtirguncha, ogʻzingizdan gullab yurmang. N. Aminov, Yolgʻonchi farishtalar
Mogʻorlamoq, poʻpanak bosmoq.
-
Non gullabdi.
gulla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qulingdan (yoki qulidan) gullagur
-
— Qaysi qoʻlingdan gullagur bu kartoshkani artdi, — dedi u boʻgʻilib, — yarmini poʻchoqqa chiqarib yuboribdi-ku! Mushtum
GULLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГУЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gulla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar