gulob
bilan ulashing
1. Atirgul gulbargidan maxsus usulda olinadigan suv.
-
Bahor daraxtlarni yosh kelinlardek bezatib, ustlariga oq, qizil koʻylak kiygizgan, kokillariga gulob sepgan edi. M. Osim, Oʻtror
-
Gulob bilan yuvayinmi zulfingni? Shamol boʻlib gul yuzingni silaymi? Uygʻun.
2. Atirgul suvidan tayyorlangan shirin ichimlik; sharob; may.
-
[Navoiy:] Gulob. [Mansur kosani uzatib] Mana, pirim, gulob. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
-
Nihoyat, Oʻtar bobo xonning mushkulini oson qilmoqni oʻylab, gulobga oz-ozdan afyun qoʻshib bera boshladi. S. Siyoyev, Avaz
GULOB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГУЛОБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gulob so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar