haligi
bilan ulashing
1. olm. 1 Bundan sal ilgari tilga olingan, boʻlgan shaxs, narsa oʻrnida qoʻllanadi, unga ishora qiladi; boyagi, oʻsha.
-
Haligi mashina kimniki? Haligi kelgan kim edi?
-
Atrofimga alanglasam, haligi sheriklarim ham ketib boʻlishibdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Yoʻlchi oʻz manziliga qaytib, pichan toʻshakka choʻzilarkan, haligi yerdan yana nogʻora taraqladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Haligi yurak oʻynogʻisi tagʻin ham kuchaydi A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Aytilmoqchi boʻlgan shaxs, narsa haqidagi soʻz, gap yodga kelmay turgan paytda xuddi shu holatni qayd etish uchun qoʻllanadi.
-
Daladan qaytayotsam, haligi, otini esdan chiqardim, anavi Toshtemirning togʻasi duch keldi. Yoshlik
-
Haligi, oti qursin, Malikboyning maydonida! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
— Haligi, aytmoqchi, chaqasi nima boʻladi, — dedi oshxona mudiri Mushtum
HALIGI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЛИГИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
haligi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar