hali
bilan ulashing
1. Bundan bir oz ilgari; boya.
-
— Kanon kelding? — Hali keldim. Hali shu yerda edi. Hali kelib ketgan edi.
-
— Uylaringda kim bor? — Hali kirganimda, dadam bilan Yoʻlchi akam bor edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Men hali uni qoʻshningiz uyidan chiqqan holda koʻrgan edim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Koʻp vaqt oʻtmasdan, yaqin orada; halizamon.
-
Hali kelsa koʻrarsiz, Kula-kula oʻlarsiz (maymun). Topishmoqlar
-
Hali oʻgʻillarim ham moldan kelib qolishadi. Mirmuhsin, Meʼmor
3. Ish-harakat, holatning amalga oshmagan, belgining, belgi-holatning toʻliq darajaga yetmagan vaqtini bildiradi; hozircha.
-
Tong otishiga hali vaqt erta. Hali xomsan — pisharsan, Bu damingdan tusharsan. Maqol
-
Quyosh botgan, lekin kun hali yorugʻ, har yoqqa oqshom sukunati choʻzilgan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Alisher oʻyin-qaroqligi tutdi-yu, hali qurib ulgurmagan nam etikchasini kiya solib, hovliga tushdi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
— Toʻpqayragʻochga yaqin qoldimi? — Hali bor. Oybek, Tanlangan asarlar
4. yuklama Taʼkid, kuchaytiruv bildiradi.
-
Voy sharmandalar, hali qochirib yubordik denglar-a. N. Fozilov, Diydor
-
Sen pismiqni, hali shoshmay tur E. Raimov, Ajab qishloq
-
— Hali shunaqami! — dedi va eshikni zarda bilan yopib chiqib ketdi. Mushtum
-
Oshni damlab, hali oʻtiribman, hali oʻtiribman A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
5. Takror holda qoʻllanib, ayiruvchi bogʻlovchi vazifasida kelib, “goh goh“, dam dam maʼnolarini bildiradi.
-
— Fargʻonaga borgunimizcha hali Shukrullo, hali Mirmuhsinning tanishlari topilaversa, bu yaqinda manzilga yetolmaymiz, — deb Said Ahmad hazillashdi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
hali soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hali ham
-
Bashirjon trubkani qoʻyarkan, hali ham eshik oldida hadiksirab turgan Zevarxonga qarab jilmaydi. N. Aminov, Suvarak
-
baʼzan dushman samolyotlari paydo boʻlishini hisobga olmaganda, urushdan hali ham darak yoʻq edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
HALI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hali so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar