hal
bilan ulashing
Yechimini topgan, bir yoqli etilgan; nima qilish lozimligi aniqlangan (muammoli, chigal masala haqida).
-
Masala hal.
-
Har lahza zamonlar umridek uzun, Asrlar taqdiri lahzalarda hal. Gʻ. Gʻulom
-
Bir masalaning hali uchun qoshingizga kelgan edim. Oybek, Navoiy
hal soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hal qilmoq (yoki etmoq)
-
Oltin muammosini hal etish — geologiya oldida koʻndalang turgan gʻoyat ulkan vazifalardan biri. S. Karomatov, Oltin qum
-
Har turli mushkulotlarni ham aql bilan hal etmishlar. Oybek, Navoiy
-
Bu masalani mutaxassislar hal qilishadi. M. Xayrullayev, Tilla marjon
-
Hali korxonada hal qilinmagan muammolar anchagina. Gazetadan;
-
Kuzgi hosil taqdirini safarbarlik, uyushqoqlik, qatʼiyat hal qiladi. Gazetadan
-
Bu yerda masalani soat emas, minutlar hal qiladi. M. Muxamedov, Qahramon izidan
-
Mirzamuhammad Rasulovich xodimlarning orqasidan taqdirlarini hal qiladigan boshliqlardan emasdi. F. Musajonov, Himmat
-
Hal qiluvchi oʻyinda spartakchi qizlar oʻziga xos chaqqonlik, iroda va yigʻinchoqlik koʻrsatishdi. Gazetadan
Tilla, kumush yoki bronza kukunidan yasalgan boʻyoq.
-
Dehlidagi masjid va mezanalarning keragidan ortiqcha hallarini, koshinlarini, naqshlarini qayerdadir koʻrgandaymiz. Z. Akramov, Hindiston lavhalari
-
Tong allaqachon otgan, daraxt uchlariga oltin hal yuritilgandek edi. S. Ahmad, Choʻl shamollari
HAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar