halim
bilan ulashing
1. Kishiga qattiq botmaydigan, muloyim, yoqimli (tovush, muomala va shunday muomalali kishi haqida).
-
Halim muomala.
-
Suv tepasida odamlar oʻt boʻlib yonadi, boshqa vaqtlarda eng sokin, eng halim odamlar, suv boshida janjal chiqsa, soʻz va dalil oʻrniga musht bilan, ketmon koʻtarish bilan ish koʻrishga tirishadilar. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bir-ikki daqiqa sukutdan soʻng Saidahmadxon sunʼiy tabassum, halim ovoz bilan soʻz boshladi. Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Har gapidan, harakatidan gʻurur aks etadi. Muomalada halim. A. Qahhor, Sarob
-
Umar qishloqqa koʻchib kelgan kezlari yumshoq supurgiday halim yigit edi. Mushtum
2. Halim (erkaklar ismi).
1. Suvga bugʻdoy yormasi va goʻsht solib, uzoq (hil-hil boʻlib ketguncha) qaynatib pishiriladigan quyuq ovqat.
-
— Hazratoyimning dahalari boʻldi. Chunonam basavlat, chunonam gavjum boʻldiki, doshqozonda halim ulashdilar, — dedi Anzirat. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Pishgan halimning bugʻdoyi ezilib, goʻshti esa hil-hil boʻlib ketadi. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
2. koʻchma Qattiq emas, yumshoq.
-
Goʻsht qaynayverib, halim boʻlib ketibdi.
-
Vohidlarning qishlogʻida boshqa yerlarda juda kam uchraydigan halim va shirin olma bor. O. Yoqubov, Tilla uzuk
HALIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАЛИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
halim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar