igna
bilan ulashing
1. Bir tomoni nayzasimon, ikkinchi tomoni teshik boʻlib, teshigidan ip oʻtkazib, narsa tikishga moʻljallangan ingichka metall asbob.
-
Mashina igna. Tepchik igna. Qaviq igna. Ignaga ip oʻtkazmoq.
2. Turli asboblarning ignasimon qismi.
-
Patefon ignasi. Primus ignasi.
3. tibbiy Tibbiy texnikada: ingichka sim yoki uchi oʻtkir naycha koʻrinishidagi sanchiluvchi yoki sanchiluvchi-kesuvchi asboblarning umumiy nomi.
-
1982 yil sentyabr oyining oxirlarida igna bilan davolovchi olim va shifokorlarning butunittifoq anjumani boʻlib oʻtdi. Fan va turmush
4. Baʼzi oʻsimlik va jonivorlarning ignasimon aʼzosi, nayzasi, tikani.
-
Daraxt ignasi. Kirpi ignasi.
igna soʻzi qatnashgan jumlalar:
Igna bilan quduq qazimoq
-
Ilm (olish) — igna bilan quduq qazish bilan baravar.
Igna sanchmoq
Igna teshigidan oʻtadigan
-
Razvedkaga igna teshigidan oʻtadigan epchil kishilar kerak. Shuhrat, Shinelli yillar
Igna ustida oʻtirmoq
-
U [Odiljon] igna ustida oʻtirganday, juda betoqat edi, dam-badam tomogʻini qirib yoʻtalib, soatiga qarardi. R. Rahmonov, Qoʻshnilar
Ignaday narsani tuyaday qilmoq
-
Qoʻziboyning ignaday narsani tuyaday qilib gapirish odati bor. H. Nazir, Koʻkorol chiroqlari
Ignadek sanchilmoq
-
Bekmurodga cholning deganlari goʻyo ignadek sanchildi. I. Oʻktamov, Izza
Ignaning uchiday
-
— He-he-he, — ellikboshi kulib, koʻzlarini artdi, — ignaning uchiday yolgʻoni yoʻq, quling boʻlay, boyvachcha. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Biroq, mening gunohim ignaning uchiday boʻlsa, sizlarning aybingiz tuyaday. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
IGNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИГНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
igna so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan IGNA so‘ziga berilgan ma’nolar
igna so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar