ihota
bilan ulashing
Atrofni toʻsish, himoya uchun oʻrash, toʻsish va shu maqsaddagi toʻsiq, himoyaning oʻzi; qurshov.
-
Daladagi ihota daraxtlari shoxiga qoʻnib olgan gʻalati qushchalar chugʻurlashib, oʻzaro nima haqdadir bahslashmoqdalar. Gazetadan
-
Bobur Zarafshon daryosi koʻrinib turgan bir joyni oʻrda qilib, atrofiga chuqur xandaqlar qazitdi, shox-shabbalardan oʻq oʻtmaydigan ihotalar yaratdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
baʼzida oʻttiz-qirq otliq ihotasida amirzodalar ham sayrga chiqadi. Mirmuhsin, Meʼmor
ihota soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ihota qilmoq (yoki etmoq)
-
Toʻrt botmon chamasi mevazor, gulzor baland paxsa devor bilan ihota qilingan edi. Sharq yulduzi
-
Qalʼani
-
ihota qilib turgan navkar-u yasovullar har tomonga tumtaraqay qochib ketishdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Faqat eshik oldida tarvaqaylagan katta tut daraxti qalin soya tashlab, unda istiqomat qiluvchilarni issiqdan ihota etib turar edi. S. Karomatov, Oltin qum
IHOTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИҲОТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ihota so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar