il
bilan ulashing
1. Mix, qoziq, ilgak va shu kabilarga osmoq, osib qoʻymoq.
-
Hoʻl, ogʻir shinelini va gimnastyorkasini daraxtga ildi. Oybek,Quyosh qoraymas
-
Yigit boshidan qalpogʻini olib, qoziqqa ildi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Tursunboy ota otning boʻyniga yemtoʻrvasini ilib shoshib-pishib, namozi shomni oʻqib chiqdi. S. Ahmad, Ufq
2. Ilmoq va shu kabilarga olmoq, tushirib tortmoq.
-
Suvdagi xas-xashaklarni ilib tortmoq.
-
uchta eski koʻrpani soʻkdik. Qovugʻidan iplarni ignaning orqasi bilan ilib oldik. A. Hamdam, Doʻstingdan
3. Otilgan yoki yuqoridan tushayotgan narsani yerga tushirmay tutmoq, tutib olmoq.
-
Bolalar qoʻllarini choʻzib, sapchib, sochqilarni ilib oldilar. T. Murod, Yulduzlar mangu yonadi
-
It jon-jahdi bilan ikki sakrashdayoq pirillab ketayotgan konvertni lunjiga hap etib ilib oldi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
4. Kiymoq (odatda, yengil-yelpi, rasman boʻlmagan kiyish haqida).
-
U kavushini mahsisining uchiga ilib, hovliga tushar ekan, xotiniga qayta taʼkidladi H. Gʻulom, Mashʼal
il soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gapni (yoki soʻzni va shu kabilarni) ilib ketmoq
-
— Ha, boyatdan beri senga tikilib oʻtiribman, aylanay, — kampir gapni ilib ketdi, —undoq qarayman, mundoq qarayman, koʻzlarimga ishonmayman. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Toʻgʻonbek bir hikoyani bitirib, boshqasini oʻylarkan, Binoiy soʻzni ilib ketdi. Oybek,Navoiy
-
xushchaqchaq suhbat boshlanishiga ilhaq boʻlib turgan Akramjon Mastura boshlagan askiyani ilib ketdi. A. Qahhor, Ming bir jon
Ilib ketmoq
-
Qizi tovuq fermasida ishlaydi. Bir traktorchimiz ilib ketdi. Sh. Toshmatov,Tongdagi koʻlanka
-
Innaykeyin, hozir boʻlinglar, qaqir yerlarga jon kirganda, tagʻin Teilaboy ilib ketmasin. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Ilib olmoq
-
Ishdan horib-tolib chiqqan Shoqosim chala-chulpa eshitsa-da, maʼnoni tez ilib oldi. Oybek,Tanlangan asarlar
-
juda shoʻx, sergap, har narsani darrov ilib oladi. R. Fayziy, Hazrati inson
-
U [Tursunoy] ustaxonaga oʻtadigan aravakashning yallalarini ham ilib olgan edi. A. Muxtor, Opa-singillar
Koʻzga (yoki nazarga) ilmaslik
-
baʼzi birovlar Xotin kishining qoʻlidan nima ish kelardi? deb nazariga ilmagan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Oyoq ilmoq
-
Surnay navosi chiqayotgan, quyuq tutun oʻrlayotgan toʻyxona ostonasida oyoq ildik. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
-
Yaxshisi, bunday qilsak. Yoʻlda oyoq ilsak: qishloqqa qorongʻilatib kirib borsak. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
Quloqqa ilmoq
-
Gapimni uch bora quloqqa ilgil. Voqif.
IL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
il so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar