ilash
bilan ulashing
1. Ilinmoq, yopishmoq (xas-choʻp, loy va shu kabilar haqida).
-
Uning etagiga paxta ilashibdi. Yaxshiga ipak ilashur, yomonga — tikan. Maqol
-
Shunda qoʻliga shilimshiq loy ilashganini sezdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Bir quti sigaretga ilashib, choʻntagimdan Moskvichning kaliti ham chiqdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
U etakka ilashib qolgan paxtalarni qoqayotganda, boshidagi chopon birdan sirgʻalib tushib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. koʻchma Yopishmoq.
-
Men sudxoʻrman, bu oʻgʻri, Oʻroqdan ham biz toʻgʻri. Bizga ilashganlarning Oʻtdek yonadi goʻri. Hamza
-
Yoshlikdan ilashgan illat hali koʻp munkitadi. Sh. Gʻulomov, Boʻz yer uygʻondi
3. salb. Ketidan yurmoq; ergashmoq.
-
Unsin indamadi, orqasidan ilashib koʻchaga qadar chiqqan Xayrinisoning soʻzlarini ham eshitgisi kelmasdi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Ketidan qolmay (biron maqsadda) yurmoq; aylanishmoq, ilakishmoq.
-
— Pulimni oldirib qoʻydim. Yonimda mana shu yigit ilashib yurgan edi, gumonim shundan, — dedi Sulton Gʻ. Gʻulom, Shum bola
-
Jiyaningizga bir qizmi, juvonmi ilashib yurgan emish, shu rostmi? S. Nurov, Narvon
5. kam qoʻll. Birgalashib, ulanib ketmoq; qovushmoq, qoʻshilmoq.
-
Men mehmonlar bilan sirdosh ogʻaynilardek ilashib ketdim. I. Oʻktamov, Hikoyalar
-
Deyarli hamma bilan ilashib ketdi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
-
Gap-soʻz bir-biriga ilashmadi: chol oldida xotinlar haqida soʻzlanilmadi. Oybek, Tanlangan asarlar
ilash soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻzga ilashmoq
ILASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЛАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ilash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar