ildam
bilan ulashing
1. sifatdosh Tez harakat qiladigan; chaqqon, tez.
-
Ildam yigit. Qoʻli sust kosibdan oyogʻi ildam gadoy yaxshi. Maqol
-
Karim chittak — kichkina, lekin harakatlari chaqqon va ildam boʻlganidan, yoshlikda shunday laqabi bor edi, hozir kimsan — Mirzakarimboy. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Roʻparadagi koʻrkam uylardan yaxshi kiyingan, ranglari toza, sergʻayrat va ildam ayollar qoʻllarida idishlari bilan qozon boshiga qatnab turibdilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Navkar minar ildam otni. Gulnorpari
2. ravish Chaqqon va tez harakat bilan.
-
Fazliddin otni ildam chiqarib, daraxtga bogʻladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Salim-boyvachcha] Ichki choʻntagidan qogʻozga oʻralgan zaharni olib, titroq qoʻllari bilan oshga sepdi va qoshiq bilan ildam aralashtirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ildam, ildam qadam tashlanglar! J. Sharipov, Xorazm
3. undov so‘z Chaqqon, tez harakatga undashni bildiradi.
-
Qani, ildamroq, xoʻjayin kutyapti S. Karomatov, Oltin qum
ILDAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЛДАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ildam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar