ildiz
bilan ulashing
1. Oʻsimlikning yerdan suv va oʻgʻit moddalar olib beradigan yer osti qismi; tomir.
-
Ildizdan koʻkargan daraxt.
-
Qayragʻoch, teraklarning ildizi yer bagʻriga qattiq singgan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Daraxtning boʻyi qancha choʻzilsa, ildizi ham shuncha chuqur ketishi kerak. E. Usmonov, Yolqin
2. Tish, soch, tirnoq kabilarning teri yoki et orasida joylashgan qismi, tomiri.
-
Tishning ildizi.
-
Kampirning bir tutam oppoq sochi ildizi bilan yulib olingan. Fan va turmush
3. koʻchma Asos, negiz, manba.
-
Qadimiy merosimiz ildizlariga qaytib, oʻtmishimizdagi boy anʼanalarni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etmogʻimiz kerak. Gazetadan
-
shubha-xavotirlarning ildizlarini qidirishga majbur etadi. Gazetadan
4. mat. Maʼlum bir darajaga koʻtarilganda, oʻz-oʻziga koʻpaytirilganda, berilgan sonni hosil qiladigan son; radikal.
-
Toʻqqizning kvadrat ildizi — uch. Ildizini topmoq.
ildiz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ildiz otmoq (yoki olmoq, yoymoq)
-
Bu hol hamma yoqqa ildiz yoygan.
-
Oliy oʻquv yurtlarida esa ota-onaning mansabiga, hamyoniga qarab oʻqishga qabul qilish hollari ildiz otib ketgan edi. Mushtum
-
Endi bilsam, eh-ha, boshimizdagi shoʻr juda chuqur ildiz otib ketgan ekan. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.;
-
Bu qishloq suvini bir ichgan odam, tamom, shu yerda ildiz otib ketmay iloji yoʻq. F. Nasriddinov, Oltin odamlar
Ildiz quvmoq
Ildizi baquvvat (yoki mahkam)
-
Poshshaxon savdo sohasida ishlaydigan ayrim ildizi mahkam kishilardan tanish-bilish orttirdi. D. Nuriy, Osmon ustuni
Ildiziga bolta urmoq
-
U [Yoʻlchi] zulm ildiziga bolta urdi. Inshoollo, zulm daraxti quriydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Eskicha toʻylar, isrofgarchilik ayrim paytlarda oila ildiziga bolta uruvchi sarqit ekan Gazetadan
Ildizini quritmoq (yoki qirqmoq)
-
Majdiddin razolatining fosh etilishi, shubhasiz, katta ish boʻldi. Lekin uning ildizlari hali qirqilgan emas. Oybek, Navoiy
-
Laʼnati jaholatning qon tomirlarimizda, yurak-bagʻrimizda zahar sochib yotgan manfur ildizlari qirqiladigan yorugʻ kunlar ham kelarmikin? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Oʻq ildiz, oʻqildiz
ILDIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЛДИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ildiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar