ilgak
bilan ulashing
1. Ilib, osib qoʻyish, ilib berkitib qoʻyish uchun xizmat qiladigan, bir uchi qayrilgan metall moslama, ilmoq.
-
Tong otishga yaqin qadam tovushlari eshitilib, qalin eshikning temir ilgaklari shaqirlab ochildi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Gapimizga tagʻin birov xalaqit bermasin, deb eshikning ilgagini soldi. Nazir, Yonar daryo
2. Ilib olish (ilib koʻtarish, tortish va boshqalar) uchun xizmat qiladigan narsa, moslama.
-
Birdan mashina motori gurilladi. Koʻtarma kranning toʻrtta ilgagini qotib qolgan alebastrning toʻrt chekkasiga ilib qoʻyishdi. S. Ahmad, Laʼli Badaxshon
-
Poʻlatjon oʻrtadagi sepoyada turib, simga ilgak solib tortdi-da, xodaga mahkam bogʻlab, keyin qoʻyib yubordi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
3. Biror narsani, masalan, kiyimni ilib, osib qoʻyish uchun xizmat qiladigan narsa.
-
— Nega xalatsiz kirding, bolam? — deya Xosiyat xola burchakdagi ilgakdan oppoq xalatni olib, Muhiddinga kiygiza boshladi R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
4. sheva Tugma, toʻgʻnogʻich.
5. koʻchma Biror narsaga shama (ishora) tarzidagi soʻz, gap; ilmoq.
-
Tergovchi sidqidildan aytgan edi, bobo, ilgak tashlayapti, deb ishonmadi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
6. Gʻarazli maqsaddagi gap, soʻz, xatti-harakat va shu kabilar
-
U [Abdubilol] ilgak topib, majlisni buzish, hech boʻlmaganda, odamlar orasiga shubha solishni oʻylardi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
ILGAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЛГАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ilgak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar