ilgari
bilan ulashing
1. Oʻtgan vaqtlar(da), hozirgi vaqtdan oldin; burun.
-
Shaharda ilgari koʻnkani ot surgar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ilgari juda qulay boʻlib koʻringan narsa, endi atroflicha oʻylaganda, hazilakam emasligi ravshanlashdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Urganch shahriga ilgari faqat tuya karvonlari bilan borilar edi. Gazetadan
2. Birinchi navbatda; oldin, avval.
-
Qoʻrqoq ilgari musht koʻtaradi. Maqol
-
Ashirbek ilgari, Vafobek keyin, Oqlabdi qirq yigit bergan tuzimni. Yusuf va Ahmad
3. Oldingi oʻrinda; oldin(da).
-
Ketayotir Oypari hamma qizdan ilgari. Folklor
-
Hudaychi Azizbekdan ilgariroqda qoʻriqchilarni ogohlantirib borar A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. Olgʻa tomon; ilgariga, old tomonga.
-
Oʻlgan, yarador boʻlganlarga qaramay, qoʻzgʻolonchilar katta suron bilan ilgari otilib, toshboʻronni kuchaytirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qudrat bilan Gʻulomjon ham bir necha odim ilgari yurdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Qoʻrgʻon ustida yasov tortgan qahramonlar qoʻl bogʻlab, ikki bukilgansimon taʼzim bilan Azizbekni ilgariga oʻtkaza boshladilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. koʻm. vzf. Narsa, hodisaning oʻzi bogʻlanib kelgan soʻz, soʻz birikmasi bildirgan vaqt, xatti-harakat va shu kabilardan oldinga oidligini (shunday munosabatni) bildiradi.
-
Toʻydan ilgari nogʻora chalmoq. Hammadan ilgari eshitdim.
-
Amirga inqiyod etishdan ilgari shu toʻgʻrida javob bersangiz. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Bundan bir necha soat ilgari qaygʻudan boshqa ovqatni tanimagan bu ikki yor endi sevinib, ishtaha bilan yeya boshladilar. Oybek, Tanlangan asarlar
ilgari soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ilgari bosmoq
-
Ishi oʻrin oldi ilgari bosib, Yoʻlim boʻldi, dedi koʻngli oʻsib. Bahrom va Gulandom
Ilgari kuni
-
Ilgari kuni kechasi chopar kelgandan boshlab kecha kechasi hokimning koʻnglini olguncha oʻzini qilkoʻprik ustida sezgan mingboshi, mana, endigina erkin nafas oldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Ilgari surmoq
-
Abulvafo Xurosonda tavallud etganlar hisob-u handasa sohalarida yangi ilmiy masalalarni ilgari surdilar va talay risolalar yaratdilar. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Biz ilgari surayotgan taxminlar fandagi ilmiy farazlardek gap. S. Karomatov, Oltin qum
ILGARI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЛГАРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ilgari so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar