ilgarigi
bilan ulashing
1. Oʻtmish vaqtdagi, oʻtmishga oid; avvalgi, burungi, qadimgi.
-
Ilgarigi odamlar ancha sodda, rahmdil ekanini dilidan oʻtkazdi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Yaqin oʻtmishdagi, nisbatan oldingi; boshdagi, dastlabki.
-
Uch daqiqali kurashdan soʻng, Mutal boʻshashdi, ilgarigi kuchanishlaridan qoldi va bir-ikki dafʼa toʻlgʻanib, jimgina jon berdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Darhaqiqat, Malakda ilgarigi chaqnash, ilgarigi joziba, ilgarigi hayajon soʻngan edi. Mirmuhsin, Yoʻqolgan javohir
-
Avaz ilgarigidan battarroq shiddat bilan davom etdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. aynan Sobiq.
-
Keyingi yillarda partiya yacheykasining kotibligiga koʻtarilgan Abdurasul ilgarigi xoʻjayini Olaxoʻja va uning sheriklarini koʻproq tashvishga solib qoʻydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
ILGARIGI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЛГАРИГИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ilgarigi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar