ip
bilan ulashing
1. Paxta, xom ipak, zigʻir, jun va shu kabilar tolasidan ingichka qilib yigirilgan yoki yigirilmagan tikuv, toʻquv materiali.
-
Pishiq ip. Xom ip. Mashinaga ip solmoq. Ip gazlama.
-
[Alioxun] Bir necha minutdan soʻng turib ignani oldi, qayerdandir ip topib, eski, seryamoq koʻylagining yirtigʻini tikishga oʻtirdi. Oybek,Tanlangan asarlar
-
Buni sotib, charm, ip, sirach, mum singari kosibchilik uchun kerakli ashyolarni oladi. Oybek,Tanlangan asarlar
2. Umuman, bogʻlash, oʻrash va shu kabilar maqsadlar uchun qoʻllanadigan narsa (masalan, shnur, kanop, chilvir).
-
Botinka ipi. Mard yigit qoʻlida ajdar oʻladi, Nomard odam ipni ajdar biladi. Maqol
-
Togʻasi, soʻyilgan qoʻyning ipini oldi-yu, shoshib, tashqariga chiqib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Pay, ichak va shu kabilardan cholgʻu asboblari uchun tayyorlangan tor.
-
Meli polvon dutorga achchiq qilib soʻzladi: — Seni oʻylab topgan Aflotunni koʻp aqlli odam oʻtgan deydilar-u, faqat ipingni uzilmaydigan qilib yasashga aqli yetmabdi-da. P. Tursun, Oʻqituvchi
4. koʻchma ayn. Rishta 3.
-
Doʻstlik ipi. Muhabbat ipi.
-
Doirachi, raqqosa va sozandalar oʻrtasida tomoshabin sezmaydigan nozik aloqa ipi mavjud. T. Obidov, Yusufjon qiziq
-
Hayotning koʻngli choʻkib ketdi, lekin joni chiqib qolgan umid ipini uzgisi kelmadi. Faqat kallasini qimirlatib, xoʻp deb qoʻya qoldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
5. koʻchma Yoʻl, chiziq, xat.
-
Uzoqda, kechaning qora chodiriga burkangan daraxtlar ustidan oʻqlar havoda olov ip chizib uchardilar. Oybek,Quyosh qoraymas
ip soʻzi qatnashgan jumlalar:
Burnidan ip oʻtkazmoq
-
Nasihat qilmang menga. Burniga ip oʻtkazaman, deb oʻylamang. S. Zunnunova, Uzilgan ip
-
Bolaginamga ega chiqib, burnidan ip oʻtkazib oldi bu dogʻuli. S. Ahmad, Choʻl burguti
Ip esholmaydi
-
Sizning sarpolaringizni kiygandan keyin biram ochilib ketdiki jannatdagi hur-u gʻilmonlar ham uning oldida ip esholmaydigan boʻlib qoldilar. B. Rahmonov, Mardlar qissasi.
Ipidan ignasigacha
-
Siz ayting, axir, siyosatni ipidan ignasigacha bilasiz, men nima qilsam boʻladi endi? P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Kechqurun otam ishdan qaytgach, onam yigʻlab-yigʻlab, voqeani ipidan ignasigacha aytib berdi. H. Tursunqulov, Hayotim qissasi
IP so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИП so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ip so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar