o‘rnat
bilan ulashing
1. Muayyan bir holatda oʻrniga moslab qoʻymoq, joylamoq, oʻrnashtirmoq.
-
Yoʻlchi shamni qizning tepasidagi tokchaga oʻrnatdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ahmadjon chakalakzordan oʻtib, pulemyotni snaryaddan hosil boʻlgan bir chuqur boʻyiga oʻrnatdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
2. Bunyod qilmoq, yasamoq, qurmoq.
-
Haykal oʻrnatmoq. Stend oʻrnatmoq. Maydon oʻrtasiga monument oʻrnatmoq.
-
Ikkinchi jahon urushida halok boʻlganlar xotirasiga yodgorlik oʻrnatish rasm boʻldi. Gazetadan
3. Biror holatni yuzaga keltirmoq, joriy qilmoq.
-
Tinchlik oʻrnatmoq. Intizom oʻrnatmoq.
-
Gʻulomjon dastlabki kundan tortib maktabda qattiq tartib oʻrnatdi. M. Ismoiliy,Fargʻona tong otguncha
-
Axir, adolatni qon toʻkmay oʻrnatsa boʻlmaydimi? K. Yashin, Hamza
4. Ishga, oʻqishga va shu kabilarga kiritmoq, joylashtirib qoʻymoq.
-
Mana, Qodirov nomiga yozilgan xat, sizni ishga oʻrnatib qoʻyadi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
O‘RNAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎРНАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘rnat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar