o‘rnash
bilan ulashing
1. Biron oʻrinni yoki joyni egallamoq, egallab oʻtirmoq, oʻrinlashmoq.
-
U kresloga qulay oʻrnashib oldi. Oʻrnashib oʻtiring. Joy notekis boʻlgani uchun stol oʻrnashmadi.
-
Haligi shox arqonning orasiga butoq-mutoqlari bilan kirib, mahkam oʻrnashib olibdi. P. Qodirov, Qora koʻzlar
-
Sidiqjon egarga yaxshiroq oʻrnashib, otning jilovini silkidi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. koʻchma Bir joy, oʻrinda mavjud boʻlmoq, unda joy olmoq.
-
Koʻzlariga oʻrnashgan, singishgan gʻam ketmagan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Biror joyni ishgʻol qilmoq, biror joyda yashamoq; hayot kechirmoq, turmoq.
-
Yotoqqa oʻrnashmoq. Kvartiraga oʻrnashmoq. U shaharga oʻrnashib qoldi.
-
Yangi yerlarga jasur yoshlar koʻchib borishib, oʻrnashib qolmoqdalar. Gazetadan
-
Dushman muhim strategik ahamiyatga ega boʻlgan stansiyada juda mahkam oʻrnashgan va har qanday qurbon badaliga boʻlsa-da, uni qoʻldan chiqarmaslikka tirishardi. Oybek, Quyosh qoraymas
4. Biror ish-faoliyat, lavozim va shu kabilarda oʻrin egallamoq, unda muqim boʻlmoq.
-
Direktorlikka oʻrnashmoq. Institutga oʻrnashmoq.
-
U
-
viloyat gazetasiga masʼul kotib boʻlib oʻrnashdi. A. Qahhor, Sarob
-
Ammo Xolmirzayev hech yerda muqim oʻrnasholmadi. Mushtum
5. koʻchma Es, xayol va shu kabilarda joy egallamoq.
-
Bu lavhaning hammasi uning xayoliga qattiq oʻrnashib qolgan edi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
mayin tovushi, nuqradek sovuq va yasamaroq jilmayishi xotiramga oʻrnashib qoldi. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda
-
Baqirgandan koʻra, maromi bilan sekinroq qilingan taʼna quloqqa yaxshiroq kiradi, zehnga yaxshiroq oʻrnashadi. Gazetadan
O‘RNASH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎРНАШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘rnash so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar