o‘roq
bilan ulashing
1. Turli boshoqli ekinlar, beda, pichan va oʻtlarni qoʻlda oʻrish uchun ishlatiladigan, beli bukik, oʻtkir tigʻli mehnat quroli; qoʻl oʻroq.
-
Yoʻlchi oʻroqqa diqqat bilan tikilib qaradi va enkayib oʻra boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Dashtdagi bugʻdoy asosan oʻroq bilan oʻrilgani uchun, mashoq faqat yantoq qalin joylardagina koʻproq uchrardi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
2. s. T. Oʻrish ishi; oʻrish jarayoni.
-
Avji oʻroq payti. Oʻroqda yoʻq, mashoqda yoʻq, xirmonda — hozir. Maqol
-
Qirdagi bugʻdoylari, qoʻriqlardagi dehqonchiliklarini saranjomlagandan keyin Berdiboy toʻqayga sholi oʻroqqa ketadi. A. Qodiriy, Obid ketmon
o‘roq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chalgʻi oʻroq
-
Ehe, mashina liq toʻla temir asbob. Bir xili chalgʻi oʻroqqa oʻxshab tigʻi qayrilgan. H. Nazir, Choʻl havosi
Oʻroq oʻrmoq
-
Ochil omochga boʻyi yetib-yetmay qoʻsh haydagan, yoz oylarida otasiga qoʻshilib oʻroq oʻrgan, togʻlarda qoʻy boqqan. P. Qodirov, Uch ildiz
Qoʻl oʻroq
-
[Sotvoldi:] Aytganday, bir qoʻl oʻroq, bir chalgʻi, ketmondan ikkita. P. Tursun, Oʻqituvchi
Oʻtganning oʻrogʻini, ketganning ketmonini olmoq
-
— Oʻsha kezlari Burgut bosar-tusarini bilmay, medallarini jaranglatib, oʻtganning oʻrogʻini, ketganning ketmonini olib yurdi, — dedi chol. S. Ahmad, Choʻl burguti
O‘ROQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎРОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘roq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar