iqlim
bilan ulashing
1. Muayyan joyning oʻziga xos, har yili takrorlanuvchi odatdagi ob-havo sharoiti.
-
Togʻ iqlimi. Dengiz iqlimi. Iqlim oʻzgarishlari.
-
Urta Osiyo respublikalari juda quruq iqlim boʻlgan zonada joylashgan. Fan va turmush
-
Tortiq etmish tabiat xush iqlim, toza havo. Yo. Mirzo
2. koʻchma Sharoit.
-
Mehnat jamoasidagi maʼnaviy iqlimning yaxshi yoki yomon boʻlishi koʻp jihatdan rahbarga bogʻliqdir. Gazetadan
3. Dunyo, uning bir qismi; mintaqa.
-
Chiroyli, popukday bir qiz oʻynadiki, ah-ah, iqlimda misli yoʻq Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Gʻayrat qilgan kishi iqlim soʻraydi, Yuragi katta har bir ishga yaraydi. Erali va Sherali
-
Bu xabar butun iqlim boʻylab tarqaldi. Yoshlik
iqlim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yetti iqlim
-
Yetti iqlim podshosi yetti noma yozib, oʻz elchisi orqali Qorasoch parining otasiga yuboribdi. Ertaklar
-
Xambar choʻloqdek iskovuch yetti iqlimda yoʻq. Oybek, Tanlangan asarlar
IQLIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИҚЛИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
iqlim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar