ishla
bilan ulashing
1. Ish bilan mashgʻul boʻlmoq; mehnat qilmoq.
-
Dalada ishlayapti. Bogʻda ishlayapti.
-
Shunaqa, eshon, dehqon qishin-yozin ishlaydi-yu, kuzga borib iligi quriydi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Miyangizni toliqtiradigan darajada qattiq ishlamang. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Meʼmor uchun bu yerda ishlayotganlar ichida Zulfiqor-u Zavrak, Gʻavvos Muhammaddan yaqinroq odam yoʻq edi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Biror lavozimda faoliyat koʻrsatmoq, xizmat qilmoq.
-
Direktor boʻlib ishlamoq. Universitetda ishlamoq.
-
Hozir Pitnakdagi bogʻchada tarbiyachi boʻlib ishlayotir. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Hayotda xotin-qizlarning eng birinchi fazilati, mayli, u qanday lavozimda ishlamasin, uy tutishni bilishi, onalik burchini oʻtay olishidadir. Gazetadan
3. Ishlov bermoq.
-
Terini ishlamoq.
4. Ijod etmoq; yaratmoq.
-
Rasm ishlamoq. Film yaxshi ishlanibdi. Haykal ishlamoq.
-
Bosh sovrin tavsiya etildi — turnir gʻolibi toshkentlik ustalar ishlagan katta chinni vazani oladi. Gazetadan
5. Harakatda boʻlmoq, yurmoq, yurib turmoq; amal qilmoq.
-
Tegirmon ishlayapti. Stanok ishlayapti.
-
U, dala shiyponiga yetib kelganda, telefon ishlayotgani toʻgʻrisida xabar qildi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
6. Xizmat qilmoq, faoliyat koʻrsatmoq.
-
Muzeylar har kuni ishlaydi. Dushanba kunlari kassa ishlamaydi.
-
Institutda maroqli uchrashuvlar klubi ishlab turipti. Gazetadan
-
Hozir shaharda koʻplab kulolchilik va naqqoshlik ustaxonalari ishlab turipti. Gazetadan
7. fiziol. Oʻz vazifasini normal bajarmoq.
-
Chap qoʻlim ishlamaydi.
-
-Bektemirdan koʻnglim toʻq, — dedi Ali tajang, —
-
kallasi ishlaydi. Oybek, Quyosh qoraymas
8. s.t. Mehnat qilib topmoq.
-
Pul ishlamoq. Bugun yuz soʻm ishladim.
-
Oʻtgan yil bir yuz oʻn sakkiz mehnat kuni ishladim. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
ishla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ishlab chiqarish
-
Ratsionalizatorlar tomonidan yaratilgan yangiliklar ishlab chiqarishda keng qoʻllanmoqda. Gazetadan
Ishlab chiqarmoq
-
Stendlarga talabalar oʻylab topgan, yasagan, ijod qilgan va ishlab chiqargan turli buyumlar tartibi bilan qoʻyilgan. Gazetadan
-
Xiva shahar badiiy sovgʻa buyumlar fabrikasi ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni xalq amaliy sanʼatining nodir namunalari desa boʻladi. Gazetadan
Ishlab chiqmoq
-
Paxta terish mashinasining yangi modelini ishlab chiqdik.
-
Keyingi yarim yil davomida qoʻyilgan vazifalarni hayotga tatbiq etish bilan bogʻliq chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Gazetadan
Oʻz ustida ishlamoq
-
Kallali bola ekan, mana, oʻz ustida ishlab, koʻtarilib ketdi. Qayta ishlash Qayta, bir necha marta ishlovdan oʻtkazish
-
Bir gramm sof radiy olish uchun bir necha tonna uran rudasini qayta ishlashga toʻgʻri keladi. Fan va turmush.
ISHLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИШЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ishla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar