izza
bilan ulashing
Uyalish, xijolat hissi; ranj, ozor.
-
Bu ishning izzasi juda ham oʻtdi, Gʻam savdosi bunda meni horitdi. Bahrom va Gulandom
izza soʻzi qatnashgan jumlalar:
Izza boʻlmoq (yoki tortmoq, yemoq, chekmoq)
-
Oting oʻzolmasa, nima qilasan? Bir oʻzbekdan izza boʻlib qolasan. Alpomish
-
undan bunday gap chiqishini kutmagan boʻlsa kerak, qattiq izza tortdi A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Yetimdan hol soʻrash savob, deb kelibdi-da bular, ayajon! Kelganiga rosa izza yeb, Boʻlishardi qizlar pushaymon. O. Hojiyeva, Hayotga taʼzim
-
Yigitali yaxshi koʻngilda aytgan gapining zil tomoni ham borligini fahmlab, izza chekdi. T. Malik, Ajab dunyo
Izza qilmoq (yoki bermoq)
-
Izza qilmang, jonim, kelar yil legkovoy [engil mashina] olib beraman. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Soʻz soʻzladim, avval quloq solgandi, Ul qiz soʻngra menga izza bergandi. Alpomish
IZZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЗЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
izza so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar