jarangla
bilan ulashing
1. Metalldan chiqadigan singari baland ovoz chiqarmoq.
-
Tokchadagi chinnilar jaranglab ketdi.
-
Lekin zum oʻtmay yana rubob jarangladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Toʻxtaxonning qoʻngʻiroqday jaranglagan ovozi qizlarning kulgisi ichida alohida eshitilib turar edi. Sh. Rashidov, Gʻoliblar
2. koʻchma Yangramoq, baralla eshitilmoq.
-
Mening ona tilim, jon oʻzbek tilim, Katta oilada yangra, jarangla. Gazetadan
-
Bu qoʻshiq goho avj pardalarda, goho pastroq ohanglarda jaranglab turadi. Gazetadan
jarangla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Quloqlari jaranglamoq
-
Yoʻlchining yuragi qattiq urib, quloqlari jarangladi, taraddud ichida toʻxtadi, lekin orqasiga qaramadi. Oybek, Tanlangan asarlar
JARANGLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖАРАНГЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jarangla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar