jar
bilan ulashing
Chetlari oʻpirilgan chuqur soylik; chuqurlik.
-
Chuqur jar. Past jar.
-
Azizbek sipohlari ila jarga tushdi va suv kechib, haligi tepaga yuzlandi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
U oʻrik shoxidan emas, jar yoqasidan juda pastga, tagsiz chohga qulab tushayotgandek juda yomon qoʻrqib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
jar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jar yoqasida
-
Axir, jar yoqasida turibmiz-ku, Komiljon. H. Gʻulom, Mashʼal
jar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jar solmoq
-
Erta bilan Xoʻjaorif bozorida bir jarchi yuqoridagi mazmunda jar solmoqda edi. S. Ayniy, Qullar
-
Toʻda pastga siljidi. Bakovul jar soldi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
-
Guzarda gap kutib yotgan Mirvali bangiga oʻxshash dostonchilar mulla Obidning qoʻlida koʻrilgan ketmon haqida Tiktepa qishlogʻiga jar solib yubordilar. A. Qodiriy, Obid ketmon
JAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar