jarohat
bilan ulashing
1. Shikastlangan, singan, chiqqan, yaralangan joy; yara-chaqa.
-
Ogʻir jarohat. Yengil jarohat.
-
Doktor nazoratida, kunlar oʻtgan sari jarohatdagi yalligʻlanish qaytib, oyogʻim yerdan yengil koʻchadigan boʻlib qoldi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Gʻulomjon soʻnggi zarbaning ogʻir jarohatidan uzoq vaqtlargacha tuzala olmay yurdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Bir chol jarohatimga kigiz kuydirib bosdi va boldirimni latta bilan bogʻlab qoʻydi. A. Qahhor, Oʻtmishdan ertaklar
2. koʻchma Katta zarar, ziyon-zahmat.
-
Biz misli koʻrilmagan qisqa muddat ichida urushning ogʻir jarohatlarini tuzatib oldik. Gazetadan
3. koʻchma Alam, iztirob.
-
Bu voqea Elmurodning dilida ogʻir jarohat qoldirdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Mezbon oʻzi bilmagan holda hazilga yoʻyib aytgan ikki ogʻiz soʻzi bilan Yigitalining yuragidagi jarohatga tegib ketganini sezmadi. D. Nuriy, Osmon ustuni
JAROHAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖАРОҲАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
JAROHAT so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan JAROHAT so‘ziga berilgan ma’nolar
jarohat so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
jarohat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing