jig‘illa
bilan ulashing
1. Jigʻ etgan tovush chaqirmoq.
-
Samovar jigʻilladi. Avaz oʻtxonaga yogʻoch qoshiqday ikkita saksovul tashlab, ichkari kirdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. koʻchma Kuyib-pishib gapirmoq, jon kuydirmoq.
-
[Gʻulomjon] Oʻzining hali-hali uylanmaganini boshingni ikkita qilib qoʻysak, deb jigʻillab oʻtayotgan ota-onasini baxtiyor qilishi mumkinligini oʻylab achindi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
jig‘illa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yuragi jigʻilladi
-
Qodir oʻrnidan turib, soatiga qaradi. Soat toʻrt. Yuragi jigʻillab ketdi. Bir joyga borib, sira bunday kech kelgan emas edi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak.
JIG‘ILLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖИҒИЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jig‘illa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar