jig‘ildon
bilan ulashing
1. Qushlarning qiziloʻngachidagi ovqat toʻplanadigan va yumshatadigan buqoqsimon keng joy.
-
Xoʻrozchaning jigʻildoni mushtday shishib chiqdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. koʻchma Tomoq, qursoq (nafs haqida).
-
Jigʻildon xuruj qilgan yerda vijdonga yoʻl yoʻq. Uygʻun, Hayot qoʻshigʻi
-
Undan hazar qiling: jigʻildoniga Ular oʻz onasin alishgan inson. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi.
jig‘ildon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jigʻildon bandasi (yoki ovorasi)
-
Farmonqul koʻp bamaʼni edi-yu, ikki-uchta jigʻildon ovoralari uni yoʻldan urishdi-da. S. Mahkamov, Shogird
Jigʻildon qaynashi
-
Xamir ovqat yesam, jigʻildonim qaynaydi.
Jigʻildonga urmoq yoki jigʻildondan oʻtkazmoq
-
— Qiz boʻyga yetgandan keyin Mamasaid tayyor oshga bakovul boʻldi. Qalinini yeng uchida olib, jigʻildonga urdi-da, qizni uzatdi, — dedi Davlatyor. P. Tursun, Oʻqituvchi
JIG‘ILDON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖИҒИЛДОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan JIG‘ILDON so‘ziga berilgan ma’nolar
jig‘ildon so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
jig‘ildon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing