kampir
bilan ulashing
1. Yoshi ulgʻaygan, keksa, qari xotin.
-
Kichik, xarob, faqir bir uy, kampir va yoshroq bir xotin joʻxori tozalar edilar. Oybek, Nur qidirib
-
U [Anzirat xola] oltmishlarga borib qolgan, nimjon bir kampir edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
[Elmurod:] Yurtingizda kimlaringiz bor, Gʻani aka? — Bittagina kampir onam bor. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Shunday yoshli xotin (ayol)larning ismiga qoʻshib aytiladi.
-
Oʻzbek oyimning qutidor, Oftob oyim va Oysha kampirga atab tiktirgan sarupolari ham bitdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Yoshi ulgʻaygan kishining (yoshi ulgʻaygan) xotini va unga murojaat shakli.
-
[Shokir ota:] Kampirimga yoʻldosh, yetim goʻdaklarimga bosh boʻladi bu qizim. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qoʻy, hazil qilma, kampir, Hamisha rostin gapir. Yu, Hamdam
KAMPIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
КАМПИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
kampir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar